O‘zbek sportchisi marafonda afrikalikdan ham o‘zib ketdi


Tojikistonda «Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSH, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, musobaqada terma jamoamiz yetakchisiga aylanib ulgurgan Shohruh Davlatov 21,1 km masofani 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Ahamiyatlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.
Erkaklar:
1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) – 1:01:24
2. Girsha Tilaxun (Efiopiya) – 1:13:26
3. Rahimjon Kelmanov (Qozog‘iston) – 1:06:46
Ayollar:
1. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 1:13:31
2. Ulyana Kuzminova (Tojikiston) – 1:22:26
3. Zulxijja G‘afforzoda (Tojikiston) – 1:28:09
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…