
Osiyo futbol konfederatsiyasi yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo kubogi bo‘yicha tibbiy xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvidan keyingi doping tekshiruvda terma jamoamizning bir nafar futbolchisi Shahriyor Jabborovda taqiqlangan modda aniqlangan. Ushu tekshuriv “A”, ya’ni birinchisi hisoblanib, undan so‘ng “B” qo‘shimcha tekshiruvi o‘tkaziladi. Aynan ikkinchi tekshiruvdan so‘ng yakuniy qaror chiqariladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligida mazkur holatni to‘liq o‘rganib chiqish yuzasidan ichki tekshiruv boshlangan. Unda futbolchi, tibbiy qo‘mita mutaxassislari, terma jamoa hamda klub shifokorlari ishtirok etishmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Jabborov ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganib chiqilmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, turnir davomida O‘zbekiston U-20 terma jamoasining aksariyat futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tgan va hech kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagan.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.
O‘zbekistonU-20 Terma JamoaShahriyor JabborovDoping TekshiruvTibbiy XulosaFutbol Assotsiatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar