“Chelsi” xo‘jayini Todd Bouli APLning 31-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga (1:2) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamioa futbolchilarning ruhini ko‘tarishga harakat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub xo‘jayini Londondagi o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida bir soatga yaqin vaqt o‘tkazgan.
The Telegraph nashrining yozishicha, Bouli bosh murabbiy Frenk Lempardning nutqidan so‘ng so‘z olgan. Ishbilarmon klubning turnir jadvalining quyi qismidagi o‘rnini va so‘nggi natijalarni “sharmandali” deb atadi va jamoaning g‘alaba qozonishini ta’minlash uchun 600 million funt sarflanganini, biroq hozircha bu uning umidlarni oqlamaganini ochiq aytdi.
Shu bilan birga, u Chempionlar ligasida “Real”ga qarshi javob o‘yini mavsumni saqlab qolish, sharmandali o‘yinlarga chek qo‘yish va muxlislarga faxrlanish uchun imkoniyat berishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 18 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak final javob bahsi doirasida o‘z maydonida “Real”ni qabul qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar