Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” qarama-qarshiligi o‘zining avj pallasiga chiqdi. Ayniqsa, uchrashuvdan keyin ikkala jamoa a’zolari ishtirokidagi janjal juda xunuk ko‘rinish oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘yindan keyingi tortishuvli vaziyatlar aks etgan videolar keng tarqaldi. Hozirda mazkur o‘yindagi janjal muhokama qilinyapti.
O‘zbekiston fubolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev bilan “Bunyodkor” – “Nasaf” o‘yini xususida gaplashdik.
- "Bunyodkor" - "Nasaf" bahsi turning markaziy o‘yini edi va shunga mos ravishda o‘tdi. Avvalo, uchrashuv sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Albatta, “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvi kutilganidek markaziy o‘yin maqomini isbotlab berdi. Uchrashuv har tomonlama juda sifatli o‘tdi. Ikkala jamoa maydonda to‘liq raqobat qila oldilar. O‘ylaymanki, muxlislar ham kechagi bahsdan iliq taassurot oldilar. Uchrashuv sur’ati nihoyatda baland bo‘ldi. Maydonda ikkala jamoaning sovrin uchun kurashayotgani bilinib turdi.
- Albatta, o‘yindan keyingi janjal juda yoqimsiz holatni keltirib chiqardi. Mutaxassis sifatida ushbu vaziyatga qanday munosabat bildira olasiz?
- To‘g‘ri, ta’kidlab o‘tdingiz, bunday holatlar o‘zbek futbolimizni bezamaydi. Lekin unutmasligimiz kerakki, xissiyotlar futbolning bir bo‘lagi, bir qismi. Bundan ham voz kechib bo‘lmaydi. Faqatgina futbolchilarimiz xissiyotlarini jilovlay olishni bilishlari kerak. Hech kim bu narsani oqlamaydi. Nazar soladigan bo‘lsak, futbolchilar o‘yinni tempidan kelib chiqqan holda 100 foizdan ortiq darajada o‘zlarini o‘yinga baxshida qilishgan. Ikkala jamoa ham yutishni nihoyatda xohlashgan.
- Kecha O‘FA ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi va intizomiy qaror chiqarilishini ma’lum qildi. Bu vaziyatda O‘FU ham qandaydir reaksiya ko‘rsatadimi? Ya’ni, sizlarga ham murojaat qilinishi mumkinmi yoki...
- Albatta, bunday holatni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi bu vaziyatni chuqur o‘rganib chiqsa kerak. O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi bu vaziyat bo‘yicha O‘FAga ham qandaydir yordamimiz kerak bo‘lsa yoki o‘sha vaziyat bo‘yicha futbolchilarimizga ham qo‘limizdan kelgan yordam va maslahatlarimizni beramiz. Hozircha bu holat bo‘yicha hech qanday pozitsiyamizni bildira olmaymiz. O‘zingiz ko‘rdingiz, ushbu vaziyat aslida kimdan boshlandi va nima bo‘ldi, menimcha aybdor tomonni hali aniqlashganicha yo‘q. Hammasi surishtiruv davomida aniqlanadi.
- Ushbu janjalni kelib chiqish sababi sifatida Davron Ergashev ko‘rsatilmoqda. Sizningcha, bu janjalni oldini olish mumkinmidi? Bu vaziyatda ko‘proq nima e’tibordan chetda qolgan, deb o‘ylaysiz?
- Janjal faqatgina jamoa sardorining o‘yindan keyingi holatidan kelib chiqqan deb o‘ylamayman. Butun uchrashuv mobaynida sezilib turdiki, ya’ni o‘yinchilar o‘ta agressiv, shijoatlari baland va hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Qizil kartochkalar, amalga oshirilmagan penalti va umuman o‘yin so‘nggida kiritilgan gol... O‘yinning borishi o‘sha narsalarga ta’siri bo‘ldi. Oxirgi nuqta balki o‘sha holat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun faqatgina o‘yin oxirida emas, butun bahs mobaynida yig‘ilgan va aytilmagan so‘zlar menimcha so‘nggida avjiga chiqdi. To‘g‘risi, men ikkala tomonni, futbolchilarni ayblamoqchi emasman va ularni tarafini ham olib bo‘lmaydi. Baribir bir-birimizga hurmatliroq bo‘lishimiz talab etiladi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi