date

Ueyn Runi: "Evroga tayyorgarlik mukammal bo‘ldi, biz Rossiya bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz"

Ueyn Runi: "Evroga tayyorgarlik mukammal bo‘ldi, biz Rossiya bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz"

Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Evro-2016 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan bo‘lishdi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Jamoa yaxshi tayyorlandi, o‘yinchilar ko‘tarinki kayfiyatda, biz Rossiya bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Tayyorgarlik mukammal bo‘ldi. Bizda jarohatlanganlar yo‘q, bu juda muhimdir. Faol, jadal ravishda o‘ynash kerak.

Bu bizning birinchi uchrashuvimiz, juda e’tiborli bo‘lish lozim. Ikki yil avval biz muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandik, endi bo‘lsa, biz birinchi uchrashuv juda muhimligini bilamiz. Biz maydonga chiqib, 100 foiz kuch bilan o‘ynaymiz.

Terma jamoalar o‘yinini klublarniki bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu biz uchun jamoaning yoshi sababli katta chaqiriqdir, biroq fikrimcha, yigitlar Evropa chempionatida zarur tajribaga ega bo‘ladilar ", deb aytdi Runi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ueyn Runi: "Evroga tayyorgarlik mukammal bo‘ldi, biz Rossiya bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz"