Bektemir Meliqo‘ziyev (12-1, 9 KO) va amerikalik mashhur professional bokschi Gabriel Rosado (26-17-1, 15 KO) o‘rtasida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan revansh jangi ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Bu ikki charm qo‘lqop ustasi o‘rtasida 2021 yilgi ilk jangda Rosado g‘olib chiqqan edi. O‘shanda raqibidan har tomonlama ustun bo‘lgan Meliqo‘ziyev qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, kuchli zarbani o‘tkazib yuborgan va nokaut holatiga tushib qolgandi.
Nihoyat, Bektemirning orzusi ushalib, revansh jangida ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu gal jangga jiddiy qaragan hamyurtimiz o‘n raund davomida bexato harakat qildi va ochkolar hisobida Gadriel Rosadoni mag‘lubiyatga uchratdi.
Gabriel Rosado jangdan keyin Bektemir Meliqo‘ziyev haqqoniy g‘alaba qozonganini tan oldi, o‘zbek bokschisining faoliyatiga omad tiladi va professional bokschi sifatida boshqa ringga qaytmasligini ma’lum qildi.
- O‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim, lekin doim bir qadam orqada qolib ketaverdim. Professional boksda 18 yil faoliyat ko‘rsatib, uning bir bo‘lagiga aylandim.
Men Meliqo‘ziyev bilan jangga kirishdim, boks tushdim, bor imkoniyatimni ishga soldim, lekin harakatlarim raqibnikidan ancha sekin bo‘ldi. Lahzalarga bo‘lsa ham ortda qoldim.
Bektemir yosh va chaqqon, uning uchun xursandman. Birinchi jangda uni og‘riqli nokautga tushirgandim, bu galgi jangga u to‘g‘ri tayyorlanibdi.
Hech qanday bahonalar qidirmayman. Chunki jangga tayyor edim. Endi hammasini yig‘ishtirib, menejment va mashg‘ulotlar bo‘yicha bilimlarimni yoshlarga o‘rgatishni boshlayman. Ular bilan tajribamni o‘rtoqlashmoqchiman. Shuningdek, o‘zimni boks sharhlovchisi sifatida ham sinab ko‘rish niyatim bor, - dedi Gabriel Rosado.
37 yoshli Gabriel Rosado professional boksda o‘z nomiga ega bo‘lgan tajribali charm qo‘lqop ustalaridan. Amerikalik bokschi professional ringdagi faoliyatini 2006 yili boshlagan. Bir necha muhim janglarda zafar quchgan sportchi ikki marotaba jahon chempionligiga da’vogarlik qilgan.
2013 yilning 19 yanvarida IBO va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionligi kamarlari uchun qozog‘istonlik mashhur bokschi Gennadiy Golovkinga qarshi ringga chiqib, 12 raundlik jangning yettinchi raundida texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan.
Oradan o‘n oy o‘tib, amerikalik yengilmas bokschi Piter Kuillinga qarshi jahon chempionligi jangida WBO yo‘nalishi kamariga da’vogarlik qildi. Rosado bu gal o‘ninchi raundda texnik nokautga uchrab, ikkinchi urinishda ham jahon chempioni bo‘la olmadi.
Shunga qaramay, Gabriel Rosado o‘z jang uslubi, kuchli zarbalari, jangovar xarakteri bilan muxlisu mutaxassislar hurmatini qozondi. Endi Bektemir Meliqo‘ziyevga qarshi jang uning professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lib qoladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi