Xorij nashri Toshkentdagi jahon chempionatida qaysi mamlakat g‘olib chiqishini yozdi.
1-14 may kunlari Toshkent shahri o‘z tarixida ilk bor boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayn paytda butun jahon ekspertlari, mutaxassislari, muxlislari jahon chempionati qanday o‘tishini tahlil qilmoqda. Xulosalar esa, bir xil – o‘z uyida o‘zbek bokschilarini to‘xtatib bo‘lmaydi!
Sport olamidagi nufuzli nashrlardan biri – www.sports.kz sayti Toshkentdagi jahon chempionati oldidan O‘zbekistonda avval boks bo‘yicha tashkil etilgan katta turnirlar haqida tahliliy material e’lon qildi. Muxlislar e’tiboriga ushbu maqolani havola etamiz.
O‘zbekistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati birinchi marotaba tashkil etilmoqda. Biroq Toshkent bungacha uch marotaba Osiyo chempionatini qabul qilgan.
Qit’a bokschilarini jamlagan birinchi musobaqa 1995 yilning 1-8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda o‘zbek va qozoq bokschilari shov-shuvli natija qayd etib, 12 ta oltin medaldan 9 tasini o‘zaro bo‘lishib olgan. O‘shanda Qozog‘iston vakillaridan olti nafari finalda g‘olib chiqqan. O‘zbekiston bokschilari uch marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.
To‘rt yildan keyin O‘zbekiston poytaxti 23-30 oktyabr kunlari yana qit’aning eng zo‘r charm qo‘lqop ustalarini jamladi. Bu gal natijalar umuman boshqacha bo‘ldi. O‘zbek va qozoq bokschilari yana sermahsul natija qayd etib, 9 ta oltin medalga ega chiqdi. Shulardan atigi ikkitasi qozog‘istonliklarga tegdi. Finalda har ikki mamlakatdan yettitadan bokschi qatnashdi. Qozoq bokschilaridan beshtasi mag‘lub bo‘ldi. O‘zbek charm qo‘lqop ustalaridan to‘rttasi finalda qo‘shni mamlakat vakillarini yengdi. Mezbonlar finallarda birorta raqibga imkon qoldirmadi.
Uchinchi marotaba Toshkent shahri Osiyo chempionatiga 2017 yili mezbonlik qildi. 30 apreldan 7 maygacha tashkil etilgan qit’a chempionatida O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasidan 9 tasida g‘olib chiqdi. Finallardan uchtasi o‘zbeklar qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratji. O‘shanda Qamshibek Kunkaboyev ilk bor Bahodir Jalolovga yutqazdi. Bungacha qozoq bokschisi hisobida Bahodir ustidan qozonilgan ikkita g‘alaba bor edi.
O‘sha Osiyo chempionatida qozog‘istonlik bokschilardan faqatgina Vasiliviy Levit chempion bo‘ldi. U chorak finalda Sanjar Tursunovni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin bu imkoniyatga ega bo‘ldi.
Aslida faqatgina 1995 yili mezbonlar bilan raqobatlashishga imkon bo‘lgan. Keyinchalik o‘zbek bokschilari o‘z gegemonligini o‘rnatdi. Endi jahon chempionatida natija qanday bo‘lishini tez orada bilib olamiz.
O‘zbekistonda hozir boks shiddat bilan rivojlanmoqda. Obyektiv aytganda, mahalliy bokschilar jamoaviy hisobda dunyoning eng zo‘ri bo‘lishga qodir.
Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etish baxtiga quyidagi bokschilarimiz sazovor bo‘ladi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Oybek Jo‘rayev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi