Toshkent shahri 1-14 may kunlari boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Jahon chempionati yurtimizda ilk marotaba tashkil etilmoqda. Poytaxtimiz bungacha uch marotaba Osiyo chempionatlarini yuqori saviyada o‘tkazgan.
Qozog‘istonning nufuzli sports.kz sayti Toshkentdagi jahon chempionati arafasida murabbiylar musobaqa haqida fikrlarini so‘radi. Qozog‘istonlik mutaxassislar bo‘lajak chempionatga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston bokschilarining imkoniyatlariga ham baho berdi.
Yurtimizda boks muxlislari ko‘pligini inobatga olib, sports.uz portali qozog‘istonlik murabbiylarning bokschilarimiz imkoniyati haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola etadi.
Qozog‘iston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Qayrat Satjanov O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlariga quyidagicha baho berdi.
- Hozir O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabaga chanqoq. Jahon chempionati Toshkentda bo‘ladi, ular bu musobaqaga o‘ta kuchli jamoani jamlagan. Muxlislarning aqlbovar qilmas darajada qo‘llab-quvvatlashi ham ta’minlangan.
Belgradda o‘tgan avvalgi jahon chempionatida ular o‘zlari uchun qoniqarsiz natija qayd etdi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida nimalarga qodirligini to‘liq namoyish etish ishtiyoqida ekaniga aminman, - dedi Qayrat Satjanov.
Eslatib o‘tamiz, Serbiyadagi jahon chempionatida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medal bilan kifoyalangan edi.
Qozog‘iston term jamoasining yana bir sobiq ustozi Tursingali Yedilov ham bo‘lajak jahon chempionati haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qozog‘iston terma jamoasining tarkibi yaxshi shakllantirilgan. Albatta, debyutantlar ham bor. Lekin ular muayyan yutuqlarga ega. Barcha yetakchi bokschilar jahon chempionatiga boryapti. Bu hozirgi paytda eng optimal tarkib.
O‘zbekiston ham kuchli jamoa to‘pladi. O‘z uyingda devorlar ham qo‘llaydi. Hozir O‘zbekistonda boks va boshqa yakkakurash turlarini rivojlantirishga kirishilgan. Hamma yerdagi musobaqalarda qatnashishyapti, sifatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilinyapti. Fransiyada ham tayyorgarlik ko‘rishdi. Tayyorgarliklari juda jiddiy. Menimcha, ular medal jamg‘arish bo‘yicha milliy rekordlarini o‘rnatishadi, - dedi Tursingali Yedilov.
Toshkentdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Oybek Jo‘rayev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi