00:08 / 01.05.2023
234

APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi

APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi
Angliya Premer-ligasi 34-turidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda maydon egalari 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Uchrashuvning 3-daqiqasida Arnoldning uzatmasidan keyin Jons hisobni ochdi. Ikki daqiqa o‘tib, Luis Dias oradagi faqrni yana bittaga oshirib qo‘ydi. 15-daqiqada Gakpo ishlagan penaltini Saloh golga aylantirdi. 
 
Birinchi bo‘lim oxirlarida Keyn hisobni qisqartirdi. Jamoalar 3:1 hisobida tanaffusga yo‘l oldi. Ikkinchi taymni "shporlar" faol boshladi va hisobni tenglashtirdi. Bellashuvning so‘nggi soniyalaradi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jota gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
 
"Liverpul" – "Tottenxem" 4:3 (3:1, 1:2)
Gollar: 1:0 – 3 Djons, 2:0 – 5 Dias, 3:0 – 15, penalti Salax, 3:1 – 39 Keyn, 3:2 – 77 Son Xin Min, 3:3 – 90+3 Risharlison, 4:3 – 90+5 Diogu Jota.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Fabino, Djons (Milner, 86), Elliott (Xenderson, 63), Salax, Dias (Diogu Jota, 63), Gakpo (Nunes, 73).
Tottenxem – Forster, Porro (Lukas Moura, 90), Dayer, Devis, Romero, Perishich (Dandjuma, 90), Xeyberg, Kulusevski (Sarr, 66), Skipp (Risharlison, 84), Son Xin Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Son Xin Min (52), Konate (70), Diogu Jota (81), Milner (90), Risharlison (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Liverpul" "Tottenxem"ni suvga olib borib, sug‘ormay qaytarib keldi