
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 4-kungi bahslari 4 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Ruslan Abdullayev ispaniyalik Oer Ibarrechega qarshi ringga ko‘tarildi. Abdullayev birinchi raunddayoq raqibini mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Ruslan Abdullayev avvalgi bosqichda Puerto-Riko vakili Manuel Febusni mag‘lub etgandi.
Shuningdek, 4 may sanasidan o‘rin olgan bahslarda Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-48 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) o‘z janglarini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar