
PSJ hujumchisi Lionel Messining faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. RMC Sport va L'Équipe nashrlarining ta’kidlashicha, argentinalik yulduz endi Parij klubi tarkibida boshqa maydonga tushmasligi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi Saudiya Arabistoniga ruxsatsiz borgani uchun ikki haftaga jamoadan chetlatilgan edi. Endi u ortga qaytmoqchi emas. Unga parijlik muxlislarning hushtakbozlik qilayotgani yoqmayapti.
Yaqinda PSJ fanatlari klub qarorgohi oldida norozilik namoyishini o‘tkazib, Lionel Messi va Neymarni haqoratlagan edi.
Messi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 19 ta assist rasmiylashtirdi. Leo parijliklar safida mamlakat chempioni va Fransiya Superkubogi sohibi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar