
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 6-kungi bahslari 6 may, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev mavrikiylik Richanro Kolinga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Endi Ruslan chorak finalda fransiyalik Lounes Xamrouiga ringga ko‘tariladi.
Abdullayev bunga qadar Puerto-Riko vakili Manuel Febusni mag‘lub etgandi, shuningdek, ispaniyalik Oer Ibarrecheni birinchi raunddayoq taslim etgandi.
6 may kungi bahslarda yana Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) va Saidjamshid Ja’farov (-71 kg) o‘z janglarini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar