Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Navbahor» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun Superliganing eng kuchli jamoalaridan biri bilan bahs olib borganimizga qaramasdan o‘yin nazorati to‘liq bizda bo‘ldi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Boisi, «Navbahor»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Biroq o‘z vaziyatlarimizni golga aylantira olmaganimiz sabab durang o‘ynadik.
Har bir jamoa o‘z maydonida g‘alaba qozonishni istaydi. Bugun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlar yaratdik va o‘ylaymanki, g‘alabaga loyiq edik.
Tojikistonlik legionerga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning pozitsiyasida Nasrullayev hozir yaxshi formada bo‘lib turibdi va shu sabab uni maydonga tushirmayapmiz.
Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirish maqsadida Mozgovoy o‘rniga Abdurahimovni maydonga tushirdik. Mannonovda esa kichik jarohat bor edi. Uning o‘zi o‘zgartirish qilishni istadi. Sidiqovda esa toliqish kuzatilgani sabab zaxiraga oldik”, – dedi Toshpo‘latov.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin