«Barselona» Neymarning transferidagi qonunbuzarlik uchun jarima to‘lashga rozi bo‘ldi


«Barselona» braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Neymarning transferidagi qonunbuzarlik uchun jarima to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Stadion.uz..
«Direktorlar kengashi Neymarning transferi yuzasidan yo‘lga qo‘yilgan xatolarni tan oldi va kelishuvga muvofiq 5,5 mln € jarima to‘lashga rozi bo‘ldi», — deb xabar beradi «Barselona» klubining rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi Neymarni € 57,1 mln.ga sotib olgani haqida soliq idoralariga xabar bergan. Aslida uning haqiqiy transfer narxi € 94,8 mln.ni tashkil qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…