
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullayev serbiyalik Memik Almirga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.
- G‘alabada murabbiylarning hissasi katta. Ustozlarimning ko‘rsatmalari evaziga shu bosqichgacha keldik. Bundan keyin ham yorqin g‘alabalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Muxlislar qatorida otam ham bor edi va ularning ko‘rsatmalarini eshitib turdim. Otam yoshligimdan ustozim ham hisoblanadi, - dedi A’loxon Abdullayev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar