Bugun, 11 may kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo kubogi-2023 bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK rahbari Shayx Salmon Ibrohim qatnashgan tadbirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi Server Jeparov, milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes ham ishtirok etdi. O‘zbekiston qur’a tashlash oldidan 2-savatchadan joy olgandi.
Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi «V» guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Okeaniyaliklar Osiyo kubogi-2019 nimchorakfinal O‘zbekistonni penaltilar seriyasida turnirdan chiqarib yuborishgandi. Katanes shogirdlarida mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoniyati bo‘ladi.
Turnirning ochilish o‘yini Qatar va Livan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Osiyo kubogi-2023 qur’a yakunlari: Barcha guruhlar bilan tanishing:
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi-2023 2024 yilga ko‘chirilgan bo‘lib, Qatardagi 8ta stadion mezbonlik qiladi. Guruhdan 1-2-o‘rin sohiblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorakfinalga yo‘llanma oladi. Shuningdek, 6ta guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 3-o‘rindagi 4ta jamoa ham pley-offga yo‘l oladi. Turnir 12 yanvardan 10 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi 12-29 yanvar kunlari, 1/8 final 31 yanvar, 1-2 fevral kunlari, chorakfinal 4-5 fevralda, yarimfinal 7-8 fevral kunlari, final esa 10 fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin