
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mo‘g‘ulistonlik Misheyelt Battumur bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
Asadxo‘ja ilk raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham hamyurtimiz ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda bokschimizning qo‘li baland keldi - 4:1. Yakuniy hisob 5:0 Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev foydasiga. Asadxo‘ja finalga yo‘l olgan uchinchi bokschimiz bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing