
Qatarda bo‘lib o‘tadigan "Osiyo kubogi-2023" musobaqasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, vakillarimiz "B" guruhidan joy oldi. Ushbu kvartetda bizga Avstraliya, Suriya va Hindiston termalari raqiblik qiladi.
Mazkur musobaqa qur’asi haqida Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"24 talik yakuniy ro‘yxatni ko‘rganingda, oson raqiblar qolmaganini anglab yetasan. Ammo men qur’adan mamnunman.
O‘zbekiston va Suriyaga qarshi oldin ham o‘ynaganmiz. Ular kurashuvchan jamoalar ekanini yaxshi bilamiz va shunga yarasha munosib tayyorgarlik ko‘ramiz.
Hindistonga qarshi bahs biz uchun ham yangilik. Har bir raqibga qarshi to‘g‘ri taktika va past baho bermagan holda maydonga tushishimiz lozim. Men yigitlarimga to‘liq ishonaman. Ular o‘zining eng yuqori darajasini ko‘rsata oladi, deb o‘ylayman", - dedi Avstraliya bosh murabbiyi.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimizning Avstraliyaga qarshi o‘yini so‘nggi 3-turda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 23 yanvar sanasiga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar