18:08 / 13.05.2023
161

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev: Yoshlikdan orzu qilib kelgan birinchi cho‘qqiga yetdim. Keyingisi, Olimpiada!

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev: Yoshlikdan orzu qilib kelgan birinchi cho‘qqiga yetdim. Keyingisi, Olimpiada!
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start oldi.
 
Hamyurtlarimizdan birinchi bo‘lib -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tarildi. Bokschimiz qozog‘istonlik Dulat Bekbauvga qarshi jang qildi. Bellashuvda bokschimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Shu tariqa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev terma jamoamizga ilk oltin medalni keltirgan bokschiga aylandi va 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Bizni qo‘llab turgan barchaga katta rahmat. Yoshlikdan orzu qilib kelgan birinchi cho‘qqiga yetdim, deb o‘ylayman. Keyingisi Olimpiada.
 
Chiroyli g‘alabaga erishdik. Buning uchun butun xalqimizga, kuch berayotgan yurtboshimizga, otan-onamga katta rahmat. Ularning duolari bilan muvaffaqiyatga erishdik. Bundan keyin ham to‘xtab qolish yo‘q. Oldimizda Olimpiada bor. Inshaalloh Olimpiada medalini ham qo‘lga kiritamiz.
 
Dulat Bekbauvga avvalgi Iordaniyada o‘tgan Osiyo chempionati yarim finalida mag‘lub bo‘lgandim. Xatolar ustida ishlab, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alabaga erishdik. Revansh jangda yutdim, - dedi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev: Yoshlikdan orzu qilib kelgan birinchi cho‘qqiga yetdim. Keyingisi, Olimpiada!