O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga mag‘lub bo‘ldi


O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan Urugvay va O‘zbekiston U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Unda mezbon janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Diaz penaltidan gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. Keyinroq 90+4-daqiqada Duarte o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz 20 may sanasida start oladigan 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi. Unda termamiz "A" guruhidan joy olgan bo‘lib, Aroyentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala jamoalari bilan kuch sinashadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…