110
Ivan Boshkovich: "Bugungi zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi"
Coca Cola Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Turon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Bugun ikkita gol urib, haqli ravishda g‘alaba qozondik. Hamma yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Zenan Zaymovich siz kelguningizga qadar gollar urmayotgandi, siz kelgandan keyin esa mana dubl qayd etdi. Zaymovich haqidagi fikringiz?
- Hamma futbolchilarda forma bo‘ladi. Har doim ham bir xil o‘ynab bo‘lmaydi. Biz murabbiylar barcha futbolchilarga yordam berish va o‘z darajalarida o‘ynay olishlarida ko‘maklashish uchun shu yerdamiz. Bizdagi barcha o‘yinchilar juda yuqori darajadagi futbolchilardir. Oldin ham buni aytganman. Barcha murabbiylar shtabi a’zolari bu kabi o‘yinchilar bilan ishlashdan zavq olishyapti. Menimcha, biz bundan ham yaxshiroq bo‘la olamiz. To‘xtab qolish kerak emas.
- Bu o‘yindagi tarkibni keyingi o‘yinda ham saqlab qolasizmi?
- Bugungi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o‘yinni kuchaytirishdi. Hamma o‘yinchilarim men uchun juda muhim. Har doim qaytaraman, barcha o‘yinchilarda maydonga tushishga imkoniyat bor. Zaxiradan maydonga tushayotgan har bir futbolchi o‘yinni kuchaytirishi lozimligini bilishi kerak. Men uchun barcha o‘yinchilarim asosiy 11 talik tarkib uchun nomzod hisoblanishadi. Men murabbiy sifatida kim maydonga tushsa ham, o‘yin uslubi o‘zgarmasdan qolishini istayman. Kim zahiradan o‘yinga qo‘shilsa ham jamoa o‘yini yaxshiroq tomonga o‘zgarishi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi