21:33 / 14.05.2023
2 761

“Qahramonmi” yoki “Masxaraboz”? Asadxo‘janing “qilig‘i” muhokama qilinmoqda!

“Qahramonmi” yoki “Masxaraboz”? Asadxo‘janing “qilig‘i” muhokama qilinmoqda!
Toshkentdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga birinchi oltin medalni og‘irligi 67 kilogrammagacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida barcha raqiblarini katta ustunlik bilan yenggan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev keltirdi.
 
Hal qiluvchi final bahsida o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauovni ochkolar hisobida mag‘lub etdi. Zarbalar hisob-kitobini olib borgan hakamlarning barchasi Asadxo‘janing g‘alabasini qayd etdi.
 
Final jangini oxirlarida bir vaziyat ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevning raqibi unga aniq zarba bera olmagan vaziyatda hamyurtimiz tribunadan uni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga qo‘lini ko‘tardi. Tabiiyki, bu holat tomoshabinlarni jumbushga keltirdi.
 
Xalqaro boks uyushmasi (IBA) aynan mana shu vaziyat aks etgan videolavhani o‘z ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Kanal obunachilari o‘rtasida mana shu vaziyat keng muhokama qilinmoqda.
 
Sports.uz portali e’tiboringizga boks ishqibozlari bildirgan firk-mulohazalarni havola etadi.
 
“Bunga dizlayk bosish mumkin”.
 
“Dulat yutdi”.
 
“O‘zbek velosipedchi ekan”.
 
“Raqibga hurmatsizlik!”.
 
“O‘zbek shunchaki zo‘r”.
 
“O‘zbeklar kalla qo‘ydi”.
 
“O‘zbek birodarlarimizna tabriklar, hammasi adolatli bo‘ldi”.
 
Hurmatli qozoq birodarlar! Iltimos, bu dangda bizning hamyurtimiz aniq ustunlik bilan sizlarning bokschingizni yutganini tan oling!”
 
“O‘zbek g‘alaba qozondi, ba’zan tan olishimiz ham kerak”.
 
“Masxaraboz”.
 
“Jangda bunaqa qiliq uchun ogohlantirish berish kerak”.
 
“O‘zbek yutdi, lekin raqibga hurmati yo‘q ekan”.
 
“Oddiyroq bo‘laver”.
 
“Qahramon”.
 
“Chiroyli yutqazdi, o‘zbek bir bosh ustun ekan, tan olishimiz kerak”.
 
“Hakam nega ogohlantirish beryapti? O‘zini butun jang davomida qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga javob berdi. Qaysi qoidani buzdi?”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qahramonmi” yoki “Masxaraboz”? Asadxo‘janing “qilig‘i” muhokama qilinmoqda!