
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Muxlislar ikki hafta davomida ajoyib bellashuvlar guvohiga aylandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
-51 kg vaznda jang qilib, yakunda oltin medal va 200 ming AQSH dollar pul mukofotiga ega chiqqan Hasanboy Do‘smatov jahon chempionati-2023ning eng yaxshi bokschisi, deb topildi hamda hamyurtimiz maxsus sovringa ega chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar