21:13 / 18.05.2023
368

O‘zbekiston ishtirok etadigan jahon chempionatini qaysi telekanal ko‘rsatadi?

O‘zbekiston ishtirok etadigan jahon chempionatini qaysi telekanal ko‘rsatadi?
Xabaringiz bor, 20 may kuni Argentinada futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Musobaqaning ochilish o‘yinida o‘tgan oy qit’a chempionligini tantana qilgan terma jamoamiz mezbonlarga qarshi saf tortadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 20 maydan 21 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 start oladi.
 
Ammo okean ortidagi ushbu muhim turnirni o‘zbekistonlik muxlislar qaysi telekanal orqali jonli efirda tomosha qilishi mumkin degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatini translyatsiya qilgan “Uzreport” telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalovning ma’lum qilishicha, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada, haligacha o‘yinlar qaysi o‘zbek telekanali orqali namoyish etilishiga oydinlik kiritilmagan.
 
Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “Match TV” telekanali ushbu musobaqani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan. Agar O‘zbekiston telekanallarining hech biri translyatsiya huquqini sotib olmasa, u holda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz ishtirok etadigan mundialni “Match TV” orqali tomosha qilishimizga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ishtirok etadigan jahon chempionatini qaysi telekanal ko‘rsatadi?