
"UzReport TV" futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyatsiya qiladi.
Millionlab o‘zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda hamda yosh futbolchilarimizni jahon maydonlarida qo‘llab-quvvatlash maqsadida “UzReport TV” telekanali 20 maydan 11 iyungacha Argentinada bo‘lib o‘tadigan U-20 jahon chempionatini translyatsiya qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritdi.
Turnir Santyago Del-Estero, San-Xuan, La-Plata hamda Mendoza shaharlarida o‘tkaziladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi amaldagi Osiyo chempionlarimiz Argentina maydonlarida ham shunday muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettiradi deb umid qilamiz.
E’tiborlisi, U-20 terma jamoamiz a’zolari musobaqani mezbon bo‘lmish Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O‘yin 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 02:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar