Rasman! "Manchester Siti" Premer-liga chempioniga aylandi

Rasman! "Manchester Siti" Premer-liga chempioniga aylandi
Rasman! "Manchester Siti" Premer-liga chempioniga aylandi
Rasman "Manchester Siti" APLning 2022/23 mavsum chempionligini qo‘lga kiritdi.
 
37-turda 2-o‘rindagi "Arsenal" "Nottingem Forest"ga mag‘lub bo‘ldi va ochkolari soni 81 taligicha qolib ketdi. Ayni dam "Siti"da 85 ochko bor. "Kanonirlar"ning hisobida bitta o‘yin qolgan, ya’ni ular endi "shaharliklar"ga yetib ololmaydi.
Rasman! "Manchester Siti" Premer-liga chempioniga aylandi
Natijada «shaharliklar» o‘z tarixida 9-bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Gvardiola jamoasi so‘nggi 6 yilda 5-marta Angliyaning tengsiz klubiga aylandi.
 
«Siti» ertaga, 21 may kuni 37-tur doirasida «Chelsi»ni qabul qiladi va muxlislari qarshisida chempionlikni nishonlaydi.
 
Gvariola shogirdlari ushbu mavsumni trebl bilan yakunlash imkoniga ham ega. Klub Angliya kubogida "Manchester Yunayted" va CHL finalida "Inter"ga qarshi maydonga tushadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar