Rossiyalik erkin yakka kurash jang ustasi Fedor Yemelanenko navbadagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Rossiyalik erkin yakka kurash jang ustasi Fedor Yemelanenko navbadagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Rossiyalik erkin yakka kurash jang ustasi Fedor Emelanenko navbadagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Jang kuni kecha 18 iyun sanasida Sankt-Peterburg shahridagi PXIF-2016 madaniy dasturi ramkalarida bo‘lib o‘tdi. Uch raundlik bellashuv natijalariga ko‘ra hakamlardan biri durrang deya baho bergan, boshqa ikki hakam esa g‘alabaga Yemelanenko xaqli, deb topishgan deya xabar beradi vz.ru nashri.

“U avvali boshi og‘ir zarbani o‘tkazib yubordi natijada butun raund havotirli kechdi. Lekin Yemelanenko o‘zini qo‘lga oldi va qarshilik ko‘rsatishga o‘zida kuch topdi. Moldanado yaxshi sportchi bellashuv juda og‘ir o‘tdi. Bu Fedorning karerasidagi eng yomon jang bo‘ldi” – dedi Michkov.

Keyinroq “R-Sport” habar qilishicha F.Yemelanenkoning o‘zi ham jangga huddi shunday baho bergan: “Muxlislarga bunday bellavshuvlar yoqishi shak-shubhasiz, ammo bu shishlar, qon talash jaroxatlar – xa, xaqiqatdan ham yoqimsiz jang bo‘ldi, men bunday hollarga o‘rganmaganman”.

“Barchaga raxmat. Bu mening unchali omadli jangim bo‘lmadi, ammo umid qilamanki, muxlislarga yoqdi, - dedi Yemelanenko. – Jamoaga raxmat, shifokorlarga va barcha muxlislarimga ham raxmat. Endi men oilam va jamoam bilan dam olishga tayorgarlik ko‘ryapman, undan so‘ng yanada jiddiyroq bo‘lgan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘raman”.

Bundan tashqari Yemelanenko o‘z karerasini hali-veri tugatmasligini qayd etdi.

“Xudoning yordami bilan mushtlashishni davom etdiraman” –deya qo‘shimcha qilib qo‘ydi sportchi.

Yemelanenko o‘z karerasini tiklashi haqida iyul oyida e’lon qilgan edi. Eslatma o‘rnida erkin yakka kurash jang ustasi Fedor Yemelanenko dekabr oyida Hindistonlik Jaydip Sinkx ustidan g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar