“PSJ” safarda durang o‘ynadi va Fransiya chempioniga aylandi!

“PSJ” safarda durang o‘ynadi va Fransiya chempioniga aylandi!
“PSJ” safarda durang o‘ynadi va Fransiya chempioniga aylandi!
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 27-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“PSJ” safarda “Strasbur” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa parijliklar hisobni ochdi. Kilian Mbappening yetkazib bergan to‘pini Lionel Messi raqib darvozasiga joyladi. 79-daqiqada esa Kevin Gameyro muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa Parij jamoasi ochkolari sonini 85 taga yetkazdi va Fransiya chempioniga aylandi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Lans”ning ochkolari 81 taga yetdi.

37-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

“PSJ” safarda durang o‘ynadi va Fransiya chempioniga aylandi!
Skrin: Sofascore

Liga 1

37-tur bahslari

27-may, shanba

“Strasbur” – “PSJ” 1:1

Gollar: 0:1 – 59 Messi, 1:1 – 79 Gameyro.

“Strasbur”: Zels, Dagba (Lienar, 66), Nyamsi, Perren, Dukure, Gilber, Sanson, Sissoko (Gameyro, 76), Bellgard, Diarra, Diallo.

“PSJ”: Donnarumma, Ramos, Bitshiabu, Danilu Pereyra, Bernat, Zair-Emeri, Verratti, Sanshesh, Vitinya (Soler, 84), Messi, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Vitinya (6), Diarra (23), Verratti (75).

“Anjer” – “Trua” 2:1

Gollar: 0:1 – 13 Shavaleren, 1:1 – 38 Abdelli, 2:1 – 90 Rao-Lisoa.

“Klermon” – “Loryan” 2:0

Gollar: 1:0 – 44 Kaui, 2:0 – 74 Kofrie.

“Lans” – “Ayachcho” 3:0

Gollar: 1:0 – 16 Machado, 2:0 – 22 Tomasson, 3:0 – 35 Openda (penalti).

“Lill” – “Nant” 2:1

Gollar: 0:1 – 17 Merlen, 1:1 – 51 Devid (penalti), 2:1 – 88 Devid (penalti).

“Monpelye” – “Nitssa” 2:3

Gollar: 1:0 – 7 Savanye, 2:0 – 17 Savanye (penalti), 2:1 – 53 Barkli, 2:2 – 67 Labord, 2:3 – 79 Labord.

“Lion” – “Reyms” 3:0

Gollar: 1:0 – 2 Agbadu (avtogol), 2:0 – 9 Lyakazett, 3:0 – 82 Kakre.

“Marsel” – “Brest” 1:2

Gollar: 0:1 – 57 Manetti, 1:1 – 75 Mbemba, 1:2 – 81 Kamara.

“Renn” – “Monako” 2:0

Gollar: 1:0 – 52 Mayer, 2:0 – 73 Guiri.

“Tuluza” – “Oser” 1:1

Gollar: 0:1 – 24 Raveloson, 1:1 – 44 Abuxlyal.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar