Foto: “Navbahor”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 28 may, yakshanba kuni o‘tkazildi.
“Navbahor” o‘z maydonida “Olimpik”ni qabul qildi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Jamshid Iskandarov namanganliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Oston O‘runov hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Ruslan Jiyanov poytaxt jamoasining javob goliga muallif bo‘ldi.
“Navbahor” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 25 taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamladi. “Olimpik” 15 ochko bilan 9-pog‘onani band etgan.
“Navbahor” – “Olimpik” 2:1
Gollar: 1:0 – 43 Iskandarov, 2:0 – 49 O‘runov, 2:1 – 90+3 Jiyanov.
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Oston O‘runov (77.Asadbek Sobirjonov 87), 10.Jamshid Iskandarov, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abror Ismoilov (8.Jasur Yaxshiboyev 74), 21.Temurxo‘ja Abduxoliqov (11.Shohruz Norxonov 81), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.Shahboz Jo‘raboyev.
“Olimpik”: 13.Hamidullo Abdunabiyev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 44.Asadbek Rahimjonov, 4.Odil Abdumajidov, 6.Behzod Shamsiyev, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 10.Farrux Muxtorov (21.Muhammadaziz Ibrohimov 77), 30.Jasur Jaloliddinov, 7.Ruslan Jiyanov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (9.Muhammadali G‘iyosov 80), 37.Alisher Odilov (17.Temur Mamasidiqov 77).
Ogohlantirishlar: Mirsaidov (40), Jo‘raqo‘ziyev (46), Bo‘riyev (56), Boltaboyev (56).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi