Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati. Rashitov yarim finalda yutqazib qo‘ydi

Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi.
Musobaqaning ilk kunidayoq terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida koreyalik Xo-Jun Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu Rashitov uchun jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing