Yevro-2016, «A» guruhi. Fransiya durang o‘ynadi, Albaniya g‘alaba qozondi

Yevro-2016, «A» guruhi. Fransiya durang o‘ynadi, Albaniya g‘alaba qozondi
Evro-2016, «A» guruhi. Fransiya durang o‘ynadi, Albaniya g‘alaba qozondi

Yevro-2016 musobaqasining guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin nihoyasiga etdi. "A" guruhida jamoalari o‘yinlarni yakunlashdi, deb yozadi "Fut.uz" sayti.

So‘nggi turda Fransiya termasi Shveytsariya bilan nursiz durang qayd etdi. Mazkur natija bu jamoalarga birinchi - ikkinchi o‘rinlarni taqdim etdi pley-offga olib chiqdi.

Albaniya bo‘lsa, Ruminiyani kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoada hali rasman pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

Yevro-2016, "A" guruhi
Ruminiya – Albaniya 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 43 Sadiku.
Ruminiya – Teterushanu, Grigore, Metsel, Sepunaru, Kirikesh, Popa (Andone, 68), Xoban, Prepelitse (Sыnmertyan, 46), Stanchu, Stanku, Alibek (Torje, 57).
Albaniya – Berisha, Lenyani (Roshi, 77), Mavray, Ayeti, Lilya, Memushay, Basha (Sana, 83), Xyusay, Abrashi, Agoli, Sadiku (Balay, 59).
Ogohlantirishlar: Basha (6), Metsel (53), Memushay (85), Sepunaru (85), Torje (90), Xyusay (90).

Shveytsariya – Fransiya 0:0 (0:0, 0:0)
Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Djuru, Shakiri (Fernandes, 79), Djaka, Bexrami, Djemaili, Mexmedi (Lang, 86), Embolo (Seferovich, 74).
Fransiya – Loris, Rami, Evra, Sanya, Kosyelni, Pogba, Kabay, Koman (Payet, 63), Sissoko, Grizmann (Matyuidi, 77), Jinyak.
Ogohlantirishlar: Rami (25), Kosyelni (83).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar