
Isroil yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ofir Haim U-20 jahon chempionati doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘zbekiston, odatda, besh nafar himoyachi bilan harakat qiladigan jamoa hisoblanadi va avvalgi raqiblarimizdan farq qiladi. Biz ularga qarshi taktik tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. O‘zbekiston Osiyo chempioni sanaladi, ular kuchli jamoa va bo‘lajak bahs qiyin o‘tishi tabiiy. G‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bizni 1:0 hisobidagi g‘alaba ham qoniqtiradi", dedi 48 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Isroil o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi 02:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.