
Isroil U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Hamza Shibli 1/8 final doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nimchorak finalga chiqish orzumiz edi. Yaponiyaga qarshi aqlbovar qilmas o‘yin o‘tkazdik. Ularni 10 kishi bo‘lib mag‘lub etdik, buni ko‘pchilik kutmagandi.
Biz O‘zbekistondan qo‘rqmaymiz. O‘yindan o‘yinga shakllanib boryapmiz. Turnirda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Barchamizning orzumiz finalga chiqish va kubokni boshimiz uzra yuqori ko‘tarish hisoblanadi", dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, U-20 jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Isroil uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 31 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar