16:46 / 02.06.2023
228

"Paxtakor" mashhur kompaniya bilan hamkorlik bitimini imzoladi

"Paxtakor" mashhur kompaniya bilan hamkorlik bitimini imzoladi
"Paxtakor" stadionida "UZCARD" kompaniyasi va "Paxtakor" futbol klubi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda "UZCARD" bosh direktori Olimjon Zakirov, "Paxtakor" FK bosh direktori Dmitriy Adisman, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.
 
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, "UZCARD" "Paxtakor" futbol klubining yangi hamkoriga aylangan.
 
Ushbu hamkorlik yurtimizda futbol va sportni yanada rivojlantirish, birgalikda turli loyihalarni amalga oshirish, muxlislarni stadionga jalb etish, futbolni ommaviylashtirish borasida zamonaviy aksiyalar o‘tkazish, ishqibozlar uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha zamonaviy aksiyalarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
 
"UZCARD" bilan hamkorlik har ikki tomon uchun muvaffaqiyatli va foydali bo‘lishiga umid qilamiz. O‘zbek futbolida eng katta va boy tarixga ega bo‘lgan klub oilasiga xush kelibsiz!”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" mashhur kompaniya bilan hamkorlik bitimini imzoladi
ePN