Yarim himoyachi Marko Asensio mavsum yakunida “Real”ni tark etadi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti malum qildi. Asensioning shartnomasi tugaydi va u erkin agentga aylanadi.
Asensio "Real" safida 285 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Qaymoqranglilar" futbolchisi sifatida Marko 17 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: 3 marta Chempionlar ligasi kubogi, 4 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 3 marta Evropa superkubogi, 3 marta La Liga kubogi, 1 marta Ispaniya kubogi va 3 marta Ispaniya Superkubogi.
"Real" Madrid Asensioga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar