10:49 / 07.06.2023
113

Karim Benzema: “Saudiya chempionati kuchli o‘yinchilarga ega yaxshi liga”

Karim Benzema: “Saudiya chempionati kuchli o‘yinchilarga ega yaxshi liga”
Karim Benzema Saudiyaning "Al Ittihod" klubiga o‘tganidan so‘ng ilk fikrlarini bildirdi.
 
Men uchun bu yangi sinov va yangi hayot. Men mashg‘ulotlarni boshlashni kuta olmayman. Sovrinlar yutish, gol urish, o‘z qobiliyatimni namoyish etish va barchani: muxlislarni, klubni va rahbariyatni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solaman. Saudiya chempionati kuchli o‘yinchilarga ega yaxshi liga.
 
Do‘stim Krishtianu Ronaldu allaqachon bu yerda o‘ynayapti, bu Saudiya Arabistoni taraqqiyotini ko‘rsatadi. Men Yevropada bo‘lgani singari bu yerda ham g‘alaba qozonish uchun keldim. Barchani Jiddada ko‘rganimdan xursandman”, - dedi Benzema.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema: “Saudiya chempionati kuchli o‘yinchilarga ega yaxshi liga”
ePN