
Italiya poytaxtida start olgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-Pri musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag‘luboyatga uchratdi. Shu tariqa, 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-Pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor bo‘lmoqda.
Ulug‘bekdan oldin Dmitriy Shokin 2015 yilgi Moskva hamda Manchester mezbonligida o‘tgan Gran-Prilarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.
Italiyada yana bir mahoratli sportchimiz Nikita Rafalovich ham final jangini o‘tkazdi. Afsuski, u hal qiluvchi bellashuvda britaniyalik Kaden Kunninghamga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
ItaliyaTaekvondo WTUlug‘bek RashitovGran-Pri MusobaqasiOltin MedalMuvaffaqiyatli O‘tish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar