210
Tojikiston bosh murabbiyi "CAFA Nations Cup 2023”, O‘zbekiston va guruhdagi qolgan raqiblar haqida nima dedi?
Tojikiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2023” turniriga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Toshkentda olib boryapti.
Petar Segrt shogirdlari ilk turda Turkmaniston bilan bellashadi. Tayyorgarlik jarayonlari va musobaqadagi raqiblar haqida Tojikiston bosh murabbiyiga yuzlandik.
- Janob murabbiy dastlab musobaqaga tayyorgarlik haqida fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz?
- Tayyorgarlik doim reja asosida va yaxshi ketayotgandi. Lekin biroz tushunmovchilik bo‘ldi, ochig‘i nima bo‘lganini bilmayman. Hali qayerda mashg‘ulot o‘tkazishimiz noma’lum bo‘lib turgandi. Futbolchilarim quyoshda turib qolishdi. (Tushuntirish: Tojikiston terma jamoasi kecha mashg‘ulot uchun "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli 7 maydonga kelgan, u yerda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mashg‘ulot o‘tayotgani bois, ma’lum vaqtdan so‘ng Tojikistonga akademiya maydonlaridan boshqasi taqdim qilingan).
- Guruhdagi raqiblarni qanchalik o‘rgandingiz? O‘zbekiston, Turkmanistonni o‘rganish qiyin bo‘lmagan bo‘lsa kerak?
- Ayni vaqtda biz uchun eng qiyin raqib Turkmaniston bo‘lib turibdi. Chunki birinchi bo‘lib ularga qarshi to‘p tepamiz. Ummon va O‘zbekistonni ham oson jamoa demagan bo‘lardim. Birinchi uchrashuv doim qiyin bo‘ladi. Turkmaniston musobaqadagi ilk raqibimiz. Ummon va O‘zbekiston albatta guruh favoritlari. FIFA reytingini olib qaraganda ular yuqorida. Bugungi vaqtda faqat Turkmanistonni o‘ylayapmiz. Bu uchrashuv tugagach qolgan raqiblarga e’tibor qaratamiz. Turkmaniston bizdagi ma’lumotlarga qaraganda juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Rossiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazganini bilamiz. Ularda barcha futbolchilar jamlangan. Bizda unday emas. Futbolchilar ixtiyorimizga birin-ketin yetib kelishmoqda. Mazkur holatni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Chunki FIFA kunlari 12 iyun sanasidan boshlanadi. Bitta o‘yin orqali har qanday raqibga muammo tug‘dira olamiz.
- O‘zbekiston bilan "Navruz Cup" musobaqasida ham to‘qnash kelgan edinglar. Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasida o‘zgarishlarni sezdingizmi?
- Ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotganini aytishim mumkin. O‘tgan safar uchrashganimizda Srechko Katanes bilan gaplashish nasib qilgandi. Sizlarda yoshlar, bolalar futbolida potensial yuqori. So‘nggi 5 yillikda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston yoshlar, o‘smirlar terma jamoalari Osiyoda Yaponiya, Koreyaga tenglasha oladi. E’tiborga molik jihati o‘zbek futboli infratuzilmasi, maydonlari, sharoitlar yaxshi darajada. Bizda esa resurslar cheklangan. Tojikistonda O‘zbekistonga nisbatan aholi ham kam. Raqiblarga qarshi nimadir qilishimiz mumkin. So‘zim davomida o‘zbekistonlik odamlarning samimiyligini aytmasam bo‘lmaydi. O‘zbekistonga ikkinchi tashrifim. Namanganda mehmondo‘stlik ruhida kutib olishgani yodimda. Toshkentda ham bizni do‘stona va iliq ruhda qabul qilishdi. Oddiy odamlar ko‘chalarda, mehmonxonada doim yordam berishga harakat qiladi. Bundan juda xursandman.
- O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan tojikistonlik futbolchilarning holati sizni qoniqtiryaptimi? Chunki ularda o‘yin amaliyoti har xil...
- Har bir murabbiy o‘z futbolchisining klubida 90 daqiqa o‘ynashini istaydi. Nachora vaziyat shunday. Tarkibimizda Bolgariya, Turkiya, Gruziya chempionatlarida legionerlarimiz bor. O‘zbekiston chempionati kuchli. Hammasi yuqori darajada. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida juda yaxshi rahbariyat ishlayapti. Bu yoshlar terma jamoasida o‘z mevasini berdi. Tojikiston faoliyatimdagi 4 terma jamoa. Shunday ekan kimni qanday solishtirishni bilaman. Yakuniy so‘zim shuki, O‘zbekistonni juda yaxshi kelajak kutyapti. Bo‘lg‘usida sizlarga omad tilayman.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin