Evro-2016. Germaniya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi va guruh g‘olibi bo‘ldi

Evro-2016. Germaniya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi va guruh g‘olibi bo‘ldi
Evro-2016. Germaniya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi va guruh g‘olibi bo‘ldi

Evropa chempionati guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinlari davom etmoqda. Hozirgina C guruhi vakillari o‘yinlarni tugatishdi, deyiladi "Kun" nashrida. Guruh etakchisi Germaniya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va Mario Gomesning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alabadan keyin Germaniya hisobidagi ochkolar soni ettitaga etdi va ular guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Evro-2016. 3-tur. S guruhi
Shimoliy Irlandiya – Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: Gomes (29).
Shimoliy Irlandiya: Makgovern, Makoli, Evans, Xyuz, Ketkart, Norvud, Evans (Makginn, 84), Dallas, Devis, Uord (Madjennis, 70), Uoshington (Laferti, 59).
Germaniya: Noyer, Xummels, Boateng (Xevedes, 76), Xektor, Xedira (Shvaynshtayger, 69), Kimmix, O‘zil, Kroos, Gyotse (Shyurrle, 55), Gomes, Myuller.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar