
Jahon futboli yulduzlari birin-ketin Yevropani tark etmoqda. Lionel Messidan keyin Neymar ham boshqa qit’aga yo‘l olishi kutilyapti.
PSJ braziliyalik futbolchidan qutilmoqchi. Neymar jamoa qidiryapti. “Barselona” uni olishdan voz kechdi.
Mana shu pallada Saudiya Arabistonidan dahshatli taklif keldi. Messini qo‘lga kirita olmagan “Al-Hilol” endi Neymarni olmoqchi.
CBC Sports nashrining xabar berishicha, “Al-Hilol” vakillari PSJ bilan muzokarani boshlab yuborgan. Ular klubga badal puli sifatida 45 million yevro to‘lamoqchi. Neymarga esa, bir mavsum uchun 200 million yevro maosh taklif qilinyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar