
Braziliya davlati rahbari Lula da Silva ayni paytdagi terma jamoadan qoniqish hosil qilmayapganini ma’lum qildi.
“Bizda dunyoning eng yaxshisi hisoblangan jamoa borligi va unga mos murabbiy yo‘qligi achinarli. Qolaversa, biz endi super jamoa tuza olmaymiz, chunki bizda 1970 yildagi (jamoa jahon chempionatida g‘olib chiqqanida) kabi sifatli o‘yinchilar yo‘q.
Bizda nafaqat yosh bolalar, balki 30 yoshli Pele kabi erkaklar o‘ynardi. Bizning futbol endi dunyoda eng zo‘r emas, biz futbolchilar eksportchisiga aylanib qoldik. Biz 1970 yildagidek ajoyib jamoa to‘play olmaymiz — o‘shanda o‘g‘il bolalar emas, erkaklar o‘ynagan.
Jamoamiz yirik turnirlarda qatnashishga tayyor emasligidan afsusdaman”, - deb fikrini yakunlagan mamlakat rahbari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar