18:44 / 19.06.2023
220

Amir G‘alinoi: "Azmun bo‘yicha yakuniy qarorni o‘yindan avval qabul qilamiz"

Amir G‘alinoi: "Azmun bo‘yicha yakuniy qarorni o‘yindan avval qabul qilamiz"
"CAFA Nation's Cup" xalqaro turnirining finalida O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yinoldi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar bosh murabbiyi Amir G‘alioni hamda Vohid Amiri ishtirok etdi.
 
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Barchaga salom, men O‘zbekistonga bir necha marotaba kelganman. Samvel Babayan mening yaqin do‘stim. O‘zbek futboli haqida yetarlicha ma’lumotga egaman. Hukumatingiz futbolga katta e’tibor qaratayotgani quvonarli. Infrastruktura ancha rivojlangani ko‘rinib turibdi. 2006 yil Malayziya terma jamoasi bosh murabbiy sifatida ishlaganman va O‘zbekiston bilan to‘qnash kelgan edik.
O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
Vohid Amiri: Biz yana bir bor O‘zbekiston terma jamoasi bilan to‘qnash kelayotganimizdan juda xursandmiz. O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ertangi uchrashuvda yaxshi natija qayd etib, asosiy maqsadimiz jahon chempionatiga kichik qadam tashlamoqchimiz.
 
- O‘zbekistonga ko‘p kelgansiz. Sardor Azmunning jarohati bor degan xabarlar eshitdik. Ertangi uchrashuvda Sardorni maydonda ko‘ramizmi.
- Yana bir bor O‘zbekistonda ekanligimdan xursandman. Shifokorlarimiz hali aniq javobni aytishmadi. O‘yindan avval javobni bilib olamiz. Futbolchilarning sog‘lig‘i hamma narsadan ustun.
 
- Futbolchilik faoliyatingizda, O‘zbekistonga qarshi ko‘p to‘qnash kelgansiz. Terma jamoamiz futbolchilari bilan tanishsizmi?
Vohid Amiri: Men O‘zbekistonga 7-8 marotaba tashrif buyurganman. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan yaxshi tanishman. Eldor Shomurodov va Masharipovlarni alohida e’tirof etishimiz kerak. O‘zbek futboliga katta hissa qo‘shgan Server Jeparov va Timur Kapadzelarni yaxshi taniyman va hurmat qilaman. Ular hozir murabbiylik faoliyatini olib bormoqda va ularga omad tilayman.
 
- O‘zbekistonning guruh bosqichidagi o‘yinlarni ko‘rdingiz va o‘sha uchrashuvlarda O‘zbekiston har xil tarkibda maydonga tushishdi. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yini haqida fikringizni aytib o‘tsangiz?
- O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi sog‘lig‘idagi muammolar sabab, hozir biz bilan emas. Janob Srechkoga sog‘lik tilayman. Biz bugun mashg‘ulot jarayonidan oldin terma jamoangizning o‘yinini analiz qilib chiqmoqchi edik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir G‘alinoi: "Azmun bo‘yicha yakuniy qarorni o‘yindan avval qabul qilamiz"