16:55 / 20.06.2023
1 368

Nikimbayev: O‘zbekiston - Osiyoda birinchi? Bu ko‘zbo‘yamachilikning a’lo darajadagi namunasi

Nikimbayev: O‘zbekiston - Osiyoda birinchi? Bu ko‘zbo‘yamachilikning a’lo darajadagi namunasi
PFL bir necha kun avval OFK futbol klublarini litsenziyalash natijalarini e’lon qildi hamda 2023/24 mavsum musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalar nomiga oydinlik kiritgandi.
 
O‘zbekistonning 25 da’vogar klubidan 17 tasi OFK litsenziyasini oldi. Mazkur ko‘rsatkich borasida O‘zbekiston Osiyoda birinchi bo‘ldi. Mos ravishda Qatarning 17 va Saudiya Arabistonining 16 klubi litsenziyalashga jalb etilgandi.
OFK litsenziyasiga ega chiqqan O‘zbekiston klublari: “Paxtakor”, “Navbahor lochinlari”, “Nasaf”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Andijon”, “Turon”, “Buxoro”, “Mash’al”, “Sho‘rtan”, “Olimpik”.
 
Litsenziyalash jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazdik, deb hisoblagan PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida quyidagi postni qoldirgandi.
Ushbu voqelikdan so‘ng taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi sahifasida qiziq ma’lumotlarni yozib qoldirdi.
 
- Mana bu ko‘zbo‘yamachilikning a’lo darajadagi bir na’munasi. OCHLda ishtirok etish uchun litsenziyalar soni bo‘yicha mamlakatlarni solishtirish.
 
Bir qarashda, barakalla deysiz. Bir vaqtning o‘zida shunchalik ko‘p professional klublar – Xitoy, Koreya va Yaponiyani qo‘shib hisoblagandan ham ko‘proq.
 
Biroq shoshilmang, bir yil avval Yaponiyada 50 dan ortiq litsenziyadan o‘tgan klublar bor edi. Ular qayerga ketdi? Hech qayerga ketmadi. Shunchaki, Chempionlar ligasi mavsumi o‘zgardi va hozir Yaponiya, Koreya va Xitoyda milliy ligaga litsenziya berish OCHLdan farqli vaqtlarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun Yaponiyada bor yo‘g‘i 4 ta litsenziya olish uchun ariza topshirgan va ularning 4 tasi ham litsenziyaga ega bo‘lgan. Koreya esa 5 ta ariza topshirgan va ularning 4 tasi litsenziya olgan.
 
J-liga va K-liga uchun litsenziyalash jarayoni kuzda bo‘lib o‘tadi. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki yangi mavsum bahorda boshlanadi. Huddi O‘zbekistondagi kabi. Nima uchun O‘zbekistonda klublarni kelasi mavsum uchun litsenziyalash hozir amalga oshirildi? Buni litsenziyadan o‘tgan bo‘lsa ham tugatilishi arafasida turgan "Turon"dan so‘rang. Shuningdek, litsenziya ololmagan bo‘lsa-da, mavsumni oxirigacha o‘ynab qo‘yadigan "Surxon"dan so‘rang, - dedi Alisher Nikimbayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nikimbayev: O‘zbekiston - Osiyoda birinchi? Bu ko‘zbo‘yamachilikning a’lo darajadagi namunasi
ePN