Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegram kanalida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Bunday uchrashuvlardan keyin sharhlovchilar ham o‘ziga kelishiga bir necha kun sarflashadi. Buning ustiga jamoaning a’zosi bo‘lsang mag‘lubiyatni qabul qilish ko‘p karra og‘ir. Shunday bo‘lsada, ma’lum auditoriyaga ega shaxsiy blogim bor ekan, uchrashuv taassurotlariga to‘xtalishni to‘g‘ri deb bildim.
Darajasi bir-biriga yaqin terma jamoalar uchrashganda mayda detallar natijani keltirib chiqarishini ko‘p murabbiylar e’tirof etishadi. Ba’zida o‘yin jarayonidagi, ba’zida atrofidagi faktorlar. Bugungi final yaqqol misol. Ikki xil taym, birinchisida yuqori temp, ikkinchisida epizodlarga bo‘linish. Ikkisida ham mezbondek yoki favoritdek aktivlik biz tomonda bo‘ldi. Nazorat, harakat, bosim va oldinga intilishda ustunlik bor edi. Asosiy muammo yakuniy lahzada. Eldorning zarbasidan keyingi to‘pning ustunga tegishi, Oston birga-bir chiqishi va yana qator vaziyatlarda so‘nggi aniq pas yetishmagani. Eron esa o‘zining ikkita pozitsion hujumidan bittasini golga aylantirdi.
Yana bir vaziyat hakamning saviyasizligi sabab yo‘qqa chiqdi. Yusupov to‘pni Shomurodovga uzatgach, Eldor toza birga-bir chiqib ketayotgandi. Har qanday normal hakam bu vaziyatda hujum nima bilan tugashini kutadi. Lekin bizning hujumga o‘tayotganimizni ko‘rib turib referi o‘yinni to‘xtatdi. O‘sha sariq kartochkani ko‘rsataman deb bizni yaqqol goldan mahrum qildi. Bir gol hammasini hal qiladigan, Eron himoyasidan o‘tish o‘ta og‘ir kechayotgan, Eldorga umuman bo‘shliq berilmayotgan paytda bizga shu vaziyat juda va juda kerak edi.
Gol urgach, Eron ongli ravishda tempni pasaytirishga intildi. Azmun o‘yindan keyin bu futbolning bir qismi debdi. To‘g‘ri. Shunday uslubda natija uchun hamma ishni qiladigan raqib bilan ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerakligi bo‘yicha bizga signal va saboq bo‘ldi. Katanetsning o‘rni ham bilindi. U barchani tonusda ushlab tura olardi.
Natija o‘rtadagi umumiy farqni yaqqol ko‘rsatib berdi deb bo‘lmaydi. Biz ko‘proq xato qildik, Eron esa minimum. Shu ta’rif mos menimcha. Yutsak bo‘lardi degan tuyg‘uli mag‘lubiyat yanada alamli. Kuchliroq qaytamiz, deya chiqarilgan xulosa qadrli", - deya yozib qoldirdi Fayziyev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?