13:55 / 22.06.2023
122

Futzal. 2024-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi


Futzal. 2024-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Osiyi Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Foto: O‘FA

Unga ko‘ra O‘zbekiston futzal terma jamoasi G guruhidan o‘rin oldi. Shuningdek, ushbu guruhdan Iroq, Malayziya va Kambodja kabi terma jamoalar o‘rin oldi.

Mazkur bosqichda 31 ta jamoa ishtirok etadi. Guruh g‘oliblari va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni egallagan yettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi o‘yinlari 2023-yilning oktabr oyida o‘tkaziladi. O‘zbekiston joylashgan G guruhi uchrashuvlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

A guruhi

  • Tailand
  • Turkmaniston
  • Gongkong
  • Xitoy

B guruhi

  • Indoneziya
  • Saudiya Arabistoni
  • Afg‘oniston
  • Makao

C guruhi

  • Eron
  • Livan
  • Qirg‘iziston
  • Maldiv orollari

D guruhi

  • Vyetnam
  • Janubiy Koreya
  • Nepal
  • Mongoliya

E guruhi

  • Tojikiston
  • Myanma
  • Falastin
  • Hindiston

F guruhi

  • Kuvayt
  • Bahrayn
  • Sharqiy Timor
  • Bruney

G guruhi

  • O‘zbekiston
  • Iroq
  • Malayziya
  • Kambodja

H guruhi

  • Yaponiya
  • Xitoy Taypeyi
  • Avstraliya

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. 2024-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi
ePN