23:10 / 22.06.2023
1 031

Legionerimizga Yevropadan yaxshi variant chiqdi. U tezroq qaror qabul qilishi kerak!

Legionerimizga Yevropadan yaxshi variant chiqdi. U tezroq qaror qabul qilishi kerak!
Legioner sifatida ilk mavsumini “Torpedo” safida Rossiya Premer-ligasida o‘tkazgan iste’dodli futbolchimiz Hojimat Erkinov jamoasini yuqori divizionda saqlab qolishga yordam bera olmadi.
 
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 22 yoshli futbolchi bir yil muqaddam 150 ming yevro evaziga Premer-liga debyutanti – Moksvaning “Torpedo” jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, poytaxtliklarning yuqori divizion jamoalari bilan raqobatga kuchi yetmadi, musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onani egallagan “Torpedo” birinchi ligaga tushib ketdi.
 
Hojimat Erkinovning “Torpedo” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha imzolangan. Hamyurtimiz aslida moskvaliklarga tezroq yuqori divizionga qaytishiga yordam berish niyatida edi.
 
Hujumkor futbolchimiz yaqinda rossiyalik jurnalistlarga bu haqda shunday dedi:
“Torpedo” kelasi mavsum Rossiya Premer-ligasiga qaytishga qodir. Bu ish qo‘limizdan keladi, deb o‘ylayman. Men birinchi liganing darajasini bilmayman. Chunki hech qachon u ligada o‘ynamaganman. Lekin Premer-ligadan nimasi bilandir farq qilsa kerak, degan fikrim bor. Bir mavsumda yana Premer-ligaga qaytish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga urinib ko‘ramiz. Bu ham biz uchun qiziq chorlov bo‘ladi.
 
Endi hujumchimiz atrofidagi vaziyat o‘zgardi.  Bu haqda nufuzli manba – Rossiyaning championat.com sayti ma’lumot tarqatdi.
 
Erkinov oldida uchta variant bor. “Torpedo” uning qarorini kutmoqda. Jamoadagilar legioner kelasi mavsumni “oq-qoralar” safida o‘tkazishidan manfaatdor, - deb yozdi  championat.com sayti klubdagi manbasiga tayanib.
 
Manbaga ko‘ra, Erkinovda O‘zbekiston Superligasida chempionlikni talashayotgan jamoalar – “Paxtakor” va “Navbahor” ijaraga olishga harakat qilmoqda.
 
Bundan tashqari, futbolchimiz oldida faoliyatini Yevropa tomonlarda, aniqrog‘i, Minskning “Dinamo” jamoasida davom ettirish imkoniyati bor.
 
Minsk klubi rahbariyati Hojimat Erkinov ijara asosida o‘ynab, “Dinamo”ning Belarus chempioni bo‘lishiga yordam berishini istayapti.
 
E’tiborli tomoni shundaki, “Dinamo-Minsk” joriy chempionatda 11 ta uchrashuvda 28 ochko jamg‘arib, musbaqa jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib turibdi.
 
Belarus chempionatida bu mavsum  O‘zbekistondan uch nafar futbolchi ishtirok etmoqda. Xususan, Shahzod Ubaydullayev Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilina boshlagan Abdulqodir Husanov va yosh hujumchi Amirbek Bakayev “Energetik-BGU” vakillari hisoblanadi.
 
Endi Hojimat Erkinov tez orada bir qarorga kelishi talab etiladi. Iste’dodli o‘yinchimiz o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 24 ta uchrashuvda qatnashib, bitta assist qayd etdi.
 
Transfermarkt portali O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosini 500 ming yevroga baholamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Legionerimizga Yevropadan yaxshi variant chiqdi. U tezroq qaror qabul qilishi kerak!