
Foto: Getty Images
FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi o‘zgarishlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2025 yildan buyon turnirda 32 ta jamoa ishtirok etadi. Yevropadan 12 ta jamoa, Janubiy Amerikadan 6 ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 4 tadan va Okeaniyadan bitta jamoa ishtirok etadi. Turnirning ilk mezboni Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati professional klublar futbolining eng yuqori cho‘qqisi bo‘ladi. AQSH turnirning yangi formatini o‘tkazish uchun ideal joy”.
Kichik mundialning formati hali aniqlanmagan. Jamoalar har birida to‘rttadan jamoa bo‘lgan 8 ta guruhga bo‘linishi va kamida 3 tadan o‘yin o‘tkazishi taxmin qilinmoqda. Natijada, 8 ta guruh g‘oliblari chorak finalga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yil oxirida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar