Coca Cola Superligasi 13-turida "Nasaf" maydonidagi mag‘lubiyatdan keyin OKMK murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
- Ikkita bir-biriga juda munosib, to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Bahsning dastlabki 15 daqiqasida raqibga to‘liqligicha mag‘lub bo‘ldik. Yigitlarga o‘yindan oldin standartlarda Aliqulov, Eshmurodovlar xavfli ekanligini ta’kidlagandik. Birinchi bo‘limning 3-daqiqasida gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak, ikkinchi bo‘limning ham uchinchi daqiqasida gol qo‘yib yubordik. Bu esa o‘yin taqdirini hal qildi. Lekin haqiqatdan ham muxlislarbop o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham kurashdi. "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinda juda ko‘p marta keraksiz joylarda to‘pni yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan golimiz ham bunga misol.
- Siyavash Haqnazariyni nega zaxirada qoldirdingiz?
- Bugungi o‘yinga sxemamiz boshqacharoq edi. Shu sababli unga ikkinchi bo‘limga tayyor turishi kerakligini aytgandik. Reglament bo‘yicha faqatgina 11 futbolchi maydonga tusha oladi.
- OKMK 33-daqiqadan keyingina o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirishni boshladi. Bu Sizning ko‘rsatmangizmi?
- "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Birinchi bo‘limda bizga konsentratsiya yetishmadi. Biz esa ko‘p to‘p yo‘qotdik. O‘zi "Nasaf" juda kuchli jamoa, bu esa ularga yanada ko‘p vaziyatlar yaratishda yordam berdi. Bu futbol.
- Bugun Ruben Sanches qaydnomada ko‘rinmadi. U jamoadan ketdimi?
- Yo‘q, ketgani yo‘q. Tarkibda jarohatlar sababli muammolar bor. Masalan, Martin maydonga tushmadi. Shu sababli Ruben qaydnomaga kiritilgani yo‘q.
- Demak, Martinda ham jarohat bor.
- Shunday. Oldinda o‘yinlar ko‘p. U o‘zini ko‘rsatishi uchun bemalol vaqt bo‘ladi. U so‘nggi o‘yinda qo‘lidan jarohat olgandi.
- Siyavash Haqnazariyga so‘nggi o‘yinlarda ko‘p ham ishonch bildirmayapsiz.
- Bu Sizga shunday ko‘rinayotgandir. Hozir hamma futbolning mutaxassisi bo‘lib ketyapti. Ammo hayotida hali biror futbolchini almashtirmagan. Menda 20ta futbolchi bor, hech kimni alohida ajratmayman. Barcha futbolchi jamoaga yordam berishi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi