Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Birinchi navbatda, o‘yinimiz muxlislarga ma’qul keldi deb o‘ylayman. Shunday o‘yinlar bo‘lib turadi, to‘p darvozaga kirmaydi. Lekin o‘yin so‘ngida o‘z vazifamizni bajardik va natijani qo‘lga kiritdik.
- Azmiddinovning diskvalifikatsiyasi sabab bugun Hamrobekov himoyada o‘ynadi. Boshqa himoyachilarga imkon berib ko‘rsangiz ham bo‘lar edi-ku?
- Ha, bizda boshqa variantlar bor edi. Masalan, Hamraliyev varianti bor edi, lekin u olimpiya terma jamoasi bilan edi va Xitoyda qanday o‘ynaganini bilmayman. Odilga ushbu pozitsiyani ishona olganim sabab, bunday o‘zgarishga qo‘l urdik. So‘nggi vaqtlarda Diyor ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. U o‘zi uchun yangi pozitsiya kashf etmoqda.
- Keyingi uchrashuvlarda Diyorni yana ushbu pozitsiyada ko‘ramizmi?
- Bo‘lishi mumkin, biz har doim eng yaxshi variantni tanlaymiz.
- Bugun Hamrobekov va Xolmatovlarning o‘yinidan qo‘nglingiz to‘ldimi?
- Bugun barcha o‘yinchilardan ko‘nglim to‘ldi. Biz ko‘p hujum qildik va g‘alabaga loyiq edik deb o‘ylayman. Raqib ikkinchi taym so‘ngida 6 ta himoyachi bilan o‘ynashga majbur bo‘ldi. O‘yin so‘ngida g‘alabaga erishdik va bugungi uchrashuv adolatli natija bilan yakunlandi.
- Terma jamoalar murabbiylari, futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha ko‘p nolishadi. Bunga sizning fikringiz qanday?
- To‘g‘risi, ular aynan qaysi futbolchilarning jismoniy holati haqida gapirishganini bilmayman, lekin men o‘z futbolchilarimning jismoniy holatiga javob bera olaman. Futbolchilardan so‘rang, mashg‘ulot anjumanlari qanday o‘tishini.
- Fayzullayev maydon o‘rtasida o‘ynaganida ancha faolroq o‘yin namoyish etmoqda. Nega Abbosni klubda ko‘proq qanotda ko‘ramiz?
- Fayzullayevni maydon markazida yaxshiroq o‘ynaydi, demagan bo‘lardim. O‘tgan mavsumning so‘nggi qismini ko‘rib chiqing, u qanotda qanday yorqin o‘yin namoyish etganini bilib olasiz. Fayzullayev juda aqlii va tezkor futbolchi, shu sababdan u har hil pozitsiyalarda birdek yaxshi o‘ynay oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?