
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi doirasidagi Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston yakunlandi. Uchrashuv O‘zbekiston yoshlarining 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi taymda termamiz posboni Muhammadyusuf Sobirov penaltini qaytarib, jamoamizni yaqqol goldan qutqarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan O‘zbekiston 79 daqiqada Ollabergan Karimovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Dilshod abdullayev burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Rahmatullayev shogirdlari keyingi bosqichga chiqdi va eng muhimi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga qiritdi.
U-17 Osiyo kubogi.
Saudiya Arabistoni U17 - O‘zbekiston U17 - 0:2
Gollar: Al Burayh 79 (avtogol), Dilshod Abdullayev 84.
O‘zbekiston U-17: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 5. Azizbek Tulkunbayev, 6. Ozodbek O‘ktamov, 7. Laziz Mirzayev, 8. Behruz Shukurullayev, 13. Behruz Jumatov, 14. Shodiyor Shodiboyev, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollobergan Karimov, 19. Sherzodbek Abdulbo‘riyev, 23, Dilshod Abdullayev.
Zaxira: No‘monov, To‘laboyev, Otaxonov, Olimov, Ikromov, Yakubov, Saidov, O‘rmonjonov, Turg‘unboyev, Akopov, Abrayev.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi. Shunday qilib, O‘zbekiston U17 terma jamoasi yarim finalda janubiy koreyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqishadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston U17 terma jamoasi Indoneziyada o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Osiyo KubogiO‘zbekiston U17Saudiya ArabistoniJahon ChempionatiMuhammadali ReimovG‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar